TEMIRTIKAN



TEMIRTIKAN (Tribulus L.) Tuyatovondoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Poyasi yer bag’irlab (uchi ko’tarilib) o’sadi, bo’yi 10-60 santimetr shoxlangan. Barglari qarama-qarshi joylashgan. 5-7 juft bargchalardan iborat. Gullari sariq. Mevasi qattiq tikanli. May-avgust oylarida gullab, urug’ beradi. Ekinlar orasida, bog’larda, yo’l yoqalarida, daryo, soy bo’ylarida va boshqa yerlarda o’sadi. O’zbekistonda keng tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz