TELL (Tell) Vilgelm — Shveytsariya xalqi afsonalari qahramoni; shveytsariyaliklarning gabsburglarga qarshi 14-asrdagi kurashi aks etgan. Tell kamondan bexato otuvchi moxir mergan bo’lgan. U. Gesler (Gabsburglar amaldori) Tellni kenja o’g’lining boshiga qo’yilgan olmani kamon o’qi bilan urib tushirishga majbur qilgan. Tell bu ishni uddalagach, Geslerni o’ldirgan, bu esa xalq qo’zg’oloni ko’tarilishiga sabab bo’lib xizmat qilgan. F. Shillernpng shu nomli dramasi Tell haqidagi afsona asosida yaratilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish