TELES



TELES, Oltinko’l — Oltoyning shim.sharqidagi ko’l. Rossiya Federatsiyasi Oltoy o’lkasida, 436 metr balandlikda. Maydoni 325 kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 235 metr. Uzunligi 77,7 kilometr, eni 5,2 kilometrgacha. Qirg’oqlari metamorfik slaneslar va granitlardan tuzilgan, tik, balandligi 800— 2400 metr. Ko’l tubi tekis, kulrang loyqa bilan krplangan. Ko’lga 70 tacha daryo quyilib, biya daryosi oqib chiqadi. Suvning temperaturasi yozda 17-18° (Janubda ayrim vaqtda 24° gacha). Ko’l ba’zan muzlaydi. Sohilida Artibosh, Yog’och, Yaylov (Oltoy qo’riqxonasining markazi) shaharchalari joylashgan. Turizm markazlaridan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz