TELEKOMMUNIKATSIYA
TELEKOMMUNIKATSIYA (tele… va kommunikatsiya) — signal, belgi, matn, tasvir, ovoz va b. turdagi axborotlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash tizimlari majmui. Simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalanib amalga oshiriladi. Bir yoki bir necha turdagi, jumladan, telefon, telegraf, faksimil axborotlar va boshqa hujjatli xabarlarni, kompyuterlararo axborotlar almashinuvi, televizion va radiodasturlarni uzatishga mo’ljallangan Telekommunikatsiyalar texnika vositalari to’plami Telekommunikatsiya tarmog’i deb ataladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz