TELEGRAF
TELEGRAF (tele… va … graf) — 1) telegraf aloqaning qisqartirilgan nomi; 2) telegrammalarni uzatish, qabul qilish va egasiga yetkazib berish bilan shug’ullanadigan ixtisoslashtirilgan aloqa korxonasi. Unda telegraf apparati, telegraf kommutatori, faksimil apparati, operasiyalar zali, energetika qurilmalari va boshqa texnik jihozlar bo’ladi. Telegraf viloyatlar markazlari va respublika markazida joylashdi.O’zbekistonda “O’zbektelekom” AKga qarashli Toshkent telegraftelefon stansiyasi, viloyatlar markazlaridagi telegraftelefon stansiyalari orqali Telegraf va telefon xizmatlari ko’rsatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz