TEKIS BOSMA



TEKIS BOSMA — matn va tasvirlarni matbaa usulida ko’paytirishning asosiy turlaridan biri. Bunda bosma qolipning bosma elementlariga quyuq bo’yoq surkaladi, oraliq (probel) elementlariga esa suv beriladi. Bunga erishish uchun qolip sirtiga kimyoviy ishlov beriladi. Tekis bosma qolipining bosma va oraliq elementlari amalda bir tekislikda yotadi. Bosish jarayonida qolip navbatmanavbat suv bilan ho’llanadi va bo’yoqda dumalatiladi, so’ngra qolipdan qog’oz (yoki boshqa material) ga bosim ostida nusxa ko’chiriladi. Tekis bosmaning maxsus turi fototipiya hisoblanadi. Tekis bosmaning eski usuli — litografiya o’rnini hozir ofset bosma usuli egallagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz