TA’ZIYA



TA’ZIYA (Arabcha — yupatish, hamdardlik bildirish) — azador kishiga tasalli berish, ahvol so’rash odati. Ta’ziyada marhumning oila a’zolari va yaqinlariga qarindoshlari, do’styorlari, qo’shnilari, hamkasblari tomonidan hamdardlik bildiriladi. Islomda Ta’ziya bildirish savob ishlardan hisoblanadi. Vafot etgan birodarga eng kerakli va foydali narsa uni duo qilishdir. Janoza va Ta’ziyadan maqsad aynan shunday duodir. Ta’ziyaning muddati va adadi 3 kun ichida bir bor Ta’ziya bildirish, mabodo buning iloji bulmasa, so’ng bildirsa ham bo’ladi. Kimsaning vafoti haqidagi yozma xabar — ta’ziyanoma (nekrolog), motam marosimi o’tkazilayotgan xonadon — ta’ziyaxona, motam tutgan, azador kishi — ta’ziyachi deyiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz