TAYYORLOV BO’LIMI



TAYYORLOV BO’LIMI – oliy maktablarda unga kiruvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini oshirish va kirish uchun zarur bo’lgan bilimlar berishga yo’naltirilgan tuzilma. Tayyorlov bo’limiga umumiy o’rta maktab, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylarni bitirgan o’quvchilar, shuningdek harbiy xizmatdan qaytgan o’rta ma’lumotga ega shaxslar qabul qilinadi. Tayyorlov bo’limiga kiruvchilar maxsus suhbatdan o’tkaziladi va shartnoma asosida qabul qilinadi. Tayyorlov bo’limida muayyan mutaxassislik bo’yicha oliy o’quv yurtiga kirish testlarini yechishga xizmat qiladigan fan sohalari chuqur o’rgatiladi. Tayyorlov bo’limi oliy maktabga kiruvchilarni oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari va test topshiriqlaridan o’tishga tayyorlaydi. Tayyorlov bo’limini bitirganlarga oliy o’quv yurtiga kirishida hech qanday imtiyoz berilmaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz