TAYSON MAYK JERALD



TAYSON MAYK JERALD (1966.30.6, Nyuyork) — professional bokschi, og’ir vaznda mutlaq jahon chempioni (1987— 1992). 1985 yildan professional boksga o’tdi, WBC (xalqaro boks komiteti) tasnifi bo’yicha og’ir vaznlilar orasida eng yosh jahon chempioni bo’ldi (1986). Tayson har bir uchrashuvni muddatidan oddin — nokaut bilan yakunlagani tufayli “temir Mayk” nomini oldi. Qonunni buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etilganligi (1992, 1999), uning boks faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Tayson 2002 yilda jahon chempionligi uchun bo’lgan uchrashuvda Lennoks Lyuis (Buyuk Britaniya) ga yutqazdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz