TAYMUR MAHMUD



TAYMUR MAHMUD (1894.16.6, Qohira — 1973.25.8, Shveytsariya) — Arab yozuvchisi (Misr). Arab tili akademiyasi (Qoqira)ning haqiqiy a’zosi. Misr adabiyotida realistik novella janri asoschilaridan biri. Ijodi 1920 yildan boshlangan. Dastlabki ijodida A.P.Chexov, G. de Mopassan asarlarining ta’siri seziladi. Hikoyalarida Misr dehqonlarining ayanchli turmushi tasvirlangan, “majhul nido” (1939), “Bo’ronlarda azoblangan Salva” (1947) romanlarida simvolizm ta’siri ko’zga tashlanadi. Taymur “Shamruh” (1958), “Ko’k chiroqlar” (1960) kabi ijtimoiy mavzudagi romanlar, bir necha qissa va dramalar muallifi. Ayrim asarlari o’zbek tilida nashr etilgan: “Arab hikoyalari” (1957), “hikoyalar” (1958) va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz