TAXO
TAXO, Teju — Ispaniya va Portugaliyadagi daryo, Pirenei yarim orolida eng uzun. Uzunligi 1010 kilometr, havzasining maydoni 81 ming kilometr kvadrat. Meseta yassitog’ligini sharqdan g’arbga tomon kesib o’tib, quyi oqimida Portugaliya pasttekisligidan oqadi va Atlantika okeaniga estuariy hosil qilib quyiladi. O’rtacha suv sart. FY Portugaliya bilan Ispaniya chegarasi yaqinida 438 metr kub/sekund, noyabrdan mart oyigacha sersuv. Taxoga GES va suv omborlari qurilgan. Sug’orishda keng foydalaniladi. Quyilish joyidan boshlab 185 kilometr masofada kema qatnaydi. Taxo bo’yida Toledo (Ispaniya) va Portugaliya poytaxti Lissabon shaharlari joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz