TAXMASP I (1513.3.3, Isfahon shahri yaqinidagi Shohobod qishlog’i — 1576.14.5, Qazvin) — Safaviylar sulolasidan bo’lgan Eron shohi (1524— 76). Ismoil I Safaviyning o’g’li. 10 yoshligida taxtga chiqqan, hokimiyat amalda qizilboshlilar qabila sardorlari qo’lida bo’lgan. Keyinchalik ulg’aygach, ular bilan kurashib Markaziy hokimiyatni mustahkamlagan. Safaviylar davlatiga Shirvon (1538), Sheki (1551)ni qo’shib olgan. 1544 yil Humoyunga Hindiston taxtini qaytib olishida yordam bergan, buning evaziga Qandahorni olgan. Turkiya bilan uzoq muddaturush olib borgan (1534-55). Ayni vaqtda Taxmasp Xurosonda o’zbek xonlari bilan deyarli tinimsiz urush qilgan. 1565 yil tamg’a solig’ini bekor qilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish