TAVKVERI — o’rtapishar qadimgi gruzin vinobop uzum navi. O’zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmanistonda ekiladi. Tupi kuchli o’sadi. Barglari yirik, cho’ziq, besh bo’lmali. Guli funktsional urg’ochi. Uzum boshi o’rtacha, konussimon, o’rtacha tig’iz. G’ujumi yumaloq, to’q binafsharang, g’ubor bilan qoplangan. Po’sti qalin. Eti sersuv, xushta’m. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3000° bo’lganda 140 kunda pishadi. Novdalari yaxshi yetiladi. Hosildorligi 100-140 tsentner/gektar. Mildyu kasalligi bilan kuchli, oidium bilan o’rtacha kasallanadi. Yengil vino, yuqori sifatli uzum sharbati tayyorlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish