TAVG’ACH, Tabg’ach,. Tamg’ach, Tabqoch, To’ba-toba, Tug’bat — ilk o’rta asrlarda turkiy xalqlardagi tarixiy-etnik atama: 1) Xitoy manbalarida to’ba (tug’bat) deb nomlanib, ular qurgan xonlik shim. Vey sulolasi (386-534) deb atalgan. To’balar syayabilarning avlodi bo’lgan; 2) Turkiy bitiklarda Tavg’ach atamasi tan sulolasini anglatgan; 3) Mahmud Koshg’ariy “Devonu lug’atit turk” asarida Tavg’achni 20 ona turk qabilasidan biri sifatida qayd etib, Tavg’achlarning yashagan hududi Yuqori chin (Xitoyning shimol) daligi, ammo keyingi davrda bu hudud “Mochin” deb o’zgarganligini, shuningdek, mamlakati qadimgi va katta xon ma’nosida “Tavg’ach xon” deyilishini yozgan. Qoraxoniylar o’zlarini “Tavg’ach xon”, “tamg’ach xon” deb atashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish