TAVFIQ FIKRAT
TAVFIQ FIKRAT (1867.24.12 Istanbul -1915.19.8) — turk shoiri, ma’rifatparvar, jurnalist. Istanbuldagi Galatasaroy liseyida o’qigan. Bir qator o’quv yurtlarida muallimlik qilgan, she’rlar yozgan. “Sarvati Funun” (“Fanlar boyligi”) majmuasi (1892— 1944) ning yozuv ishlari mudiri (1895-1901). Ilk she’riy kitobi — “rubobi shikasta” (“siniq soz”, 1904). Tavfiq fikrat adabiyotga mumtoz she’riyat ta’sirida kirib kelgan, so’ngroq G’arb adabiyoti yo’lida she’rlar yoza boshlagan. Uning she’riyatda yaratgan yangiliklaridan biri — she’rdagi eng kichik birlik bo’lgan baytda fikrning yakunlanishi majburiyatini yo’q qilgan, nasrdagi ifodaning keng imkoniyatlaridan nazmda foydalangan, vazn va qofiyaga alohida e’tibor bergan. Turkcha bilan aruz orasidagi hamoqanglikni muvofiklashtirishda g’oyat go’zal natijalarga erishgan. Tavfiq fikrat she’rlarining mavzusi xilma-xil. “Sarvati Funun”dan ketgach, ijtimoiy san’at tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy she’rlar yozgan (“tutun”, “tong otsa”, “erta” va b.). Ularda xalqning mashaqqatli hayotini tasvirlagan. Ba’zi she’rlarida esa pandnasihat birinchi o’ringa o’tadi. “Rubobilaning javobi”, “Xoluqning daftari”, “Jermin” kabi qator she’riy to’plamlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz