TAUTOMERIYA



TAUTOMERIYA (Yunoncha tautos xuddi o’zi va meros — ulush, qism)— qaytar izomeriya hodisasi. Bu jarayonda ayni birikmaning 2 va bir necha izomeri bir-biriga aylanib turadi. Tautomeriya — dinamik izomeriya. Agar kimyoviy sistemada izomer — tautomer muvozanat qaror topgan bo’lsa, unda har kaysi izomerdan ma’lum va o’zgarmas mikdor bo’ladi. Bu sistemadagi ayrim izomerlar mikdori tashki va ichki omillar (erituvchi, temperatura, eritmadagi vodorod ionlari kontsentrasiyasi va boshqalar)ga bog’liq bo’ladi. Tautomeriya, asosan, organik birikmalarda uchraydi. Unga ko’p hollarda molekuladagi vodorod hamda qo’sh bog’o’rnining o’zgarishi sabab bo’ladi. Tautomeriya ni o’rganishda kimyoviy va fizik usullar qo’llanadi. Tautomeriya texnika va tirik organizmlar uchun muhim ahamiyatga ega. Ko’pgina kimyo texnologiya jarayonlari (ayniqsa, dori va bo’yoq moddalar sintezi) Tautomeriya hodisasi bilan chambarchas bog’liq.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz