TAUNS (TOWNES) CHARL XARD



TAUNS (TOWNES) CHARL XARD (1915.28.7, Grinvill, Janubiy Karolina) — amerikalik fizik, kvant elektronika asoschilaridan biri. Grinvild (1931-37), Kaliforniya texnologiya instituti (1937-39) da o’qigan. Kolumbiya universitetida (1948 yildan; 1950 yildan professor), Massachusets texnologiya institutida (1961-66 yildan professor) ishlagan. Kaliforniya universitetida fizika bo’limi boshlig’i (1967 yildan). Asosiy ilmiy ishlari kvant elektronikaga oid. N.G.Basov va A.M.Proxorovdan mustaqil tarzda birinchi kvant generatori — mazerni yaratgan (1954). Amerikalik fizik A.Shavlov bilan birgalikda optik kvant generatori — lazernm yaratish mumkinligini asoslab bergan (1958). Kvant elektronika va chizikli bo’lmagan optika usullarini astrofizikaga qo’llab, boshqalar bilan hamkorlikda kosmosdagi mazer effektini ochgan (1969). Nobel mukofoti laureati (1964; N.G.Basov va A.M.Proxorov bilan hamkorlikda).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz