TATEVI



TATEVI — kechpishar xo’raki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik, ilmiy tadqiqot institutida echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib chiqarilgan (S.A. Pogosyan, E. L. Martirosyan). Tupi kuchli usadi. Barglari o’rtacha, to’garak, besh bo’lmali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, tsilindrsimon, tig’iz yoki o’rtacha tig’iz. G’ujumi juda yirik, yumaloq, pushti, usti mum/ubor bilan qoplangan. Po’sti qalin. Eti go’shtdor, sersuv. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 3380° bo’lganda 158— 162 kunda pishadi. Novdalari yaxshi yetiladi. Sovuqqa chidami past. Hosildorligi 165-195 tsentner/gektar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz