TATAR MADANIYATI



TATAR MADANIYATI — Yenisey daryosining yuqori va o’rta havzalari bo’yida tarqalgan temir davri madaniyati (miloddan avvalgi 7-3-asrlar). Yeniseydagi Tagar oroli nomidan olingan (Minusinsk kotlovinasi tegrasida). Tatar madaniyati uchun skif tipidagi qurolaslahalar, ot anjomlari, jez qozonlar va ko’zalar, san’atda “hayvon uslubida” naqsh berib ishlangan buyumlar xos. Tatar madaniyati tarqalgan hudud Yevrosiyo jez kuyish ishlab chiqarilishining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi. Tatar madaniyati odamlari yevropeoid irqqa mansub bo’lishgan. Manzilgoh, kon qodiqlari, mozorqo’rg’onlar topilgan. Xo’jaligi: dehqonchilik, chorvachilik, jez kuyish va jezdan turli qurollar tayyorlash.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz