TASQULOV QANILBOY (1922.15.8, Bo’stonliq tumani, Oqsoqota qishlog’i 1989.16.7) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan frontda. Belorussiya fronti, 65-armiyaning 69-o’qchi diviziyasi, 120-o’qchi polki razvedkachisi. Tasqulov 1943 yil 15 oktabrda desant guruhi tarkibida birinchilardan bo’lib Dneprni kechib o’tgan va guruhga plasdarmda mustahkam o’rnashib olishlariga yordam bergan. 1943 yil 30 oktabrda qahramon unvoniga sazovor bo’lgan. Urushdan keyin yurtiga qaytib, jamoa xo’jaligida birigada boshlig’i bo’lib ishlagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish