TASQARALAR



TASQARALAR (Aegypinae) — qarchig’aylar oilasiga mansub qushlar kenja oilasi. Uzunligi 50 dan 120 santimetrgacha, vazni 1,5 dan 12 kilogrammgacha. Boshi va bo’yni kalta parlar bilan qoplangan bo’lib, o’limtiklarni eganida ifloslanmaydi (boltayutar va xurmo Tasqaralari bundan mustasno). Qanotlari uzun, keng va kuchli; o’limtik qidirib havoda qanot qoqmasdan parvoz qilishga moslashgan. Ko’pchilik yirik hayvonlar o’limtigi bilan oziqlanadi. Oyoqlaridagi tirnoqlari qayrilmaganligi uchun o’ljasini tutib turishga moslashmagan. Faqat boltayutar oyoqlari o’ljani tutib tura oladi. Bolalariga oziqni jig’ildonida olib keladi. 9 urug, 14 turi bor. Janubiy Yevropa, Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonda 4 turi (qora Tasqaralar, oq boshli qumoy, qor qumoyi, boltayutar) uchraydi; baland tog’larga uya quradi. Barcha turlari O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz