TASODIFIY MIQDOR
TASODIFIY MIQDOR – tajriba natijasida u yoki bu qiymatlarni qabul qiluvchi miqdor. Telefon stansiyasiga ma’lum bir vaqt oralig’ida mijozlardan keladigan chaqiriqlar soni, bir yil davomida biror viloyatda bo’ladigan yomg’irli kunlar soni, tasodifiy ravishda tanlangan kishining bo’yi Tasodifiy miqdorlarga misol bo’la oladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz