“TASHKENT PELIS XOUTEL”
“TASHKENT PELIS XOUTEL” (Toshkent saroy mehmonxonasi”) — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrining Buyuk Turon ko’chasi (Navoiy teatri ro’parasi)da joylashgan. 1958 yilda “Toshkent” mehmonxonasi (me’mor M.Bulatov. L.Karash) nomi bilan bunyod etilgan. Bino tarhi P shaklida, Markaziy korpusi 5 qavatli, yon qanotlari 4 qavatli. 2003 yilda ta’mirlandi (ta’mirlash loyihasi muallifi A.Z.To’xtayev; qurilishni “Aysel” firmasi bajargan). 2003 — 04 yillarda “E Mepsnep Taaglegi ralake polel”, 2005 yildan hozirgi nomda. Ta’mirdan so’ng 232 ta xonadan iborat bo’ldi; 149 ta 1 o’rinli lyuks, 39 ta 2 o’rinli lyuks, 29 ta 1 xonali yeuperlyuks, 13 ta 2 xonali, 1 ta 3 xonali apargamentli va 1 ta prezilent apartamentli xonalari bor. Binoning yer osti qismida yordamchi xonalar, ustaxona va texnik xonalar joylashgan. Ichkari hovlida hovuz, 1-qavatda vestibyul, biznes-markaz va konferentsiya zali, sartaroshxona. do’kon. 210 o’rinli restoran, 34 o’rinli qahvaxona, sog’lomlashtirish markazi faoliyat ko’rsatadi. 2 — 5-qavatlarda turar joy xonalari joylashgan. Ular zamonaviy mebel va boshqa kerakli uskunalar bilan jihozlangan. 6-qavatda shinamgina ayvonli qahvaxona mavjud. Binoning me’moriy yechimi avvalgi ko’rinishda saqlangan. faqat uning granitdan qilingan qismi qayta tiklangan. Yog’och derazalar alyuminiy derazalar (shishapeiat) bilan almashtirilgan. Bino yanada go’zallashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz