TARRAK (Cucumis melo ssp. flexuosus Greb.) — yarim madaniy qovun turiga mansub bir yillik o’simlik, poliz ekini. O’rta Osiyoda hamda Jan.G’arbiy Osiyoda o’sadi. Mevasi 1 metrgacha va undan ham uzunroq bo’lib, egribugri ko’rinishga ega (shu sababdan ba’zan ilonsimon qovun deb yuritiladi), mazasi bodringga o’xshaydi. Bodring kabi barraligida iste’mol qilinadi. Pishganini yeb bo’lmaydi. Ko’proq Afg’oniston, Eronda yetishtiriladi. G’ozir O’zbekistonning ayrim joylarida havaskor polizchilar yetishtiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish