TARPAN, Yevropa yovvoyi oti (Equus caballus gmelini) — xonaki otning kenja turi. Qadimda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. 19-asrning 70-yillariga qadar Ukrainaning dasht mintaqalarida uchragan. Tabiiy sharoitlarda uy hayvonlari podalari ta’sirida va qisman odam tomonidan ovlanishi natijasida yo’qolib ketgan. Ko’lga o’rgatish qiyin bo’lgan. Bo’yi past (qarchig’ayigacha balandligi 116-136 santimetr), tanasi pishiq. Uyur bo’lib yashagan. Go’shti va terisi uchun ovlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish