TAROQBOSH



TAROQBOSH (Bromus dauthonea) — boshokdoshlar oilasi, yaltirboshlar turkumiga mansub bir yillik o’t. Bo’yi 15-20 santimetr. Poyasi tuksiz yoki qiskatukli. Barglari qalin, yassi, qisqa tukli. Ro’vagi tig’iz, uzunligi 10 santimetr. Changchisi 3 ta, urug’chisi patsimon. Boshokqlari 4 santimetrgacha, 6-16 gulli. Boshokcha qipiqchalari nashtarsimon, tuksiz yoki g’adir-budur. Mayiyul oylarida gullab urug’laydi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida cho’l, adir va tog’zonalari, ekin maydonlari, bog’va dare bo’ylarida usadi. Taroqbosh yaylovlarda chorva o’tlashi uchun yaxshi ko’k o’t hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz