TARNOV
TARNOV — balandlikdan suv tushiriladigan moslama; “ovning bir turi. Tomdan qoryomg’ir suvlarini tushirish, ayrim notekis joylarda (ayniqsa, tog’li hududlarda) kamroq miqsordagi suvni pastga oqizish uchun foydalaniladi. Yog’och, tunuka, sopol va boshqalardan yasaladi. Tomdan qor-yomg’ir suvlari oqib tushishi uchun uning bir necha joyiga Tarnov o’rnatiladi. Tomga ishlangan Tarnovlarning uzunligi ko’pincha 1 metrdan oshmaydi, lekin tomdan yergacha tushadigan uzun xillari ham bo’ladi. Qadimgi tomi ko’p tor hovlilarda suvni ariqqa chiqarib oqizish uchun tarnovning shunday uzun xillari ishlangan. Keyinchalik uzun Tarnovlar tunukadan quvur shaklida ishlanib, uyning suv oqadigan tomonlariga devor bilan parallel qilib tik o’rnatiladigan bo’ldi. Ko’p qavatli uylarda Tarnov asbosement, cho’yan quvurlardan ham ishlanadi va binoning ichki qismida (ko’pincha, balkonning ichkarisida) va tashqarisida devor orasiga o’rnatiladi. Buloqlardan qishloqlarga suv keltiriladigan, un tegirmoniga suvni yo’naltirib beradigan Tarnovlar ham bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz