TARMASHIRIN



TARMASHIRIN, Alouddin Tarmashirin (? — 1334) — Movarounnahr sultoni (1326-34). Chig’atoiylardan. Tarmashirin yoshligida buddaviycha Darmashila (“Dharma, ya’ni Budda qonuniga itoat etuvchi”) nomi bilan atalgan. Islomni qabul qilgach, Alouddin deb atala boshlagan. Islomni qabul qilgani, ko’chmanchilar an’analarini buzib, shaharda yashay boshlagani, bu saltanat sharqidagi (Yettisuv va Issiqko’l bo’yidagi) ko’chmanchi mo’g’ullarning noroziligiga va ularni qo’zg’olon ko’tarishiga sabab bo’lgan. Qo’zg’olonchilar Tarmashirinni o’ldirganlar, xonlar qarorgohi yana bir necha yilga ili daryosi bo’ylariga ko’chirilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz