TARKIBNING DOIMIYLIGI QONUNI — kimyoning asosiy qonunlaridan biri. Kimyoviy birikma qanday usudda olinmasin bir xil elementlardan tarkib topadi, ularning massasi o’zgarmas nisbatda bo’ladi. Masalan, suv massasiga ko’ra 11,19% vodorod (N) va 88,81% kislorod (o) dan iborat. Molekulyar modda 18,016 ga teng. Bu N2O formulasi bilan ifodalanib, bunda 2 atom vodorodga 1 atom kislorod to’g’ri keladi. Tarkibning doimiyligi qonunini 1809 yilda frantsuz kimyogari J. Prust kashf etgan. Tarkibning doimiyligi qonuni gazsimon va suyuq moddalargagina qo’llanadi. Kristall moddalar tarkibi ham o’zgarmas, ham o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Tarkibi o’zgarmas birikmalar daltonidlar, tarkibi o’zgaruvchan birikmalar esa bertollidlar deb ataladi. Ko’pchilik birikmalar, jumladan deyarli barcha organik birikmalar daltonidlarga mansubdir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish