TARKIBBAND (Arabcha — tuzilish, band) — bir vaznda yozilib, g’azal tarzida (taxallussiz) qofiyalanadigan, har banddagi baytlar soni teng bo’lgan, har band oxirida bir bayt alohida qofiyalanib keladigan she’r shakli. Lekin takrorlanib turuvchi baytlar saklansada, bandlar miqdori turli shoirlarda turlicha. Tarkibband murakkab tuzilishga ega bo’lib, shoirdan alohida mahorat va tajriba talab etadi. Tarkibband fors-tojik adabiyotida 9-11, o’zbek adabiyotida 15-asrdan yozila boshlagan. Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy, Nodira va boshqalar Tarkibbandda ijod qilishgan. Masalan, Navoiy devonida bittagina Tarkibband bo’lib, u ham marsiya xarakterida — “ham ota, ham murshidu pir” maqomidagi Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag’ishlangan. U 7 band — 56 baytdan iborat. Har bandi 7 baytlik g’azal va undan so’ng takrorlanib kelgan baytdan tashkil topgan. Zamonaviy shoirlardan V.Sa’dulla, Chustiylar Tarkibband yozganlar. Chustiy Tarkibbandining har bandi 5 baytdan tarkib topib, har band oxirida alohida baytlar takrorlanib keladi. Ad.: Adabiy turlar va janrlar, 2j., T., 1992; O’zbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 2j., T., 1977.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
“Tarkibband” so‘zi o‘zbek tilida biror narsa yoki biror holatning tarkibi, elementlari yoki qismlarini anglatadi. Bu so‘z ko‘pincha biror predmet, matn, hujjat, yoki boshqa ma’lumotlarning ichidagi asosiy qism yoki qismlarini ta’riflash uchun ishlatiladi.
Masalan:
Matn tarkibbandi – matnning asosiy paragraf, bo‘linmalar yoki mavzulari.
Mahsulot tarkibbandi – mahsulot ichidagi ingredientlar yoki tarkibiy qismlar.
Hujjat tarkibbandi – hujjatdagi bo‘limlar, bandlar va punktlar.
Agar sizga ma’lum bir soha yoki kontekst bo‘yicha “tarkibband” haqida batafsilroq ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, aniqroq savol bering. Masalan, “kitobning tarkibbandi” yoki “dokument tarkibbandini qanday tuzish kerak?” kabi.
Umuman olganda, tarkibband tushunchasi biror narsaning ichki tuzilishini, qism va bo‘limlarini anglatadi. Bu elementlar orqali mazmun yoki tuzilma yaxshiroq tushuniladi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish