Tarixiy roman nimasi bilan maroqli?



Bir qarashda bu savolga javob berish qiyin emas. Tarixiy romanlarda allaqachon o’tgan kunlarning ishlari haqida hikoya qilinadi, bizning ajdodlarimiz qay tarzda yashagani, ular qay tariqa savdo-sotiq qilgani, urushlar olib borgani haqida qiziqarli ma’lumotlar bo’ladi. Biz olayotgan boy axborot tarixiy romanni o’tmishni zavqli va qiziqarli shaklda bilish uchun manba deb atashga imkon beradi. Ammo bunday qarash bag’oyat yuzakidir. Eng avvalo, o’tmish haqidagi har bir romanni ham tarixiy deb atash mumkin emas. Mana, masalan, zamonaviy adib XX asr boshlaridagi voqealar haqida, inqiloblar, urushlar to’g’risida hikoya qiladi. Uning romanini tarixiy deb hisoblasa bo’ladimi? Ko’p miqdorda tarixiy hujjatlardan foydalanilgan, nafaqat voqealar o’rni, qolaversa muhitning o’zi ham batafsil qayta inkishof etilgan asarni tarixiy deb hisoblash kerak. Voqealarda ko’pincha har doim ham bosh qahramon bo’lavermaydigan real tarixiy shaxslar ishtirok etadilar. Ular muallif kontekstidan o’rin olgan hozirda kitobxonga tushunarli bo’lgan eskirgan so’zlarni arxaizmlar, istorizmlarni qo’llangan zamonaviy tilda ham so’zlashlari mumkin. Tilni bunday uslubga solishga qattiq berilish yaramaydi, chunki kitobxon nima haqda so’z borayotganini tushunolmay qolishi ham mumkin. O’tmishga zamondosh sifatida emas, balki tasvirlanayotgan narsalarni xolis baholovchi kuzatuvchi sifatida qarovchi muallifning nuqtai nazari ham muhimdir. Albatta, u qahramonlardan biriga aylanishi, uning nomidan hikoya qilib berishi yoxud bo’lib o’tadigan narsalarni jonli va ifodali taqdim etish uchun voqea ishtirokchilaridan biriga aylanishi mumkin. Biroq shunda ham biz zamondoshimizning tarixga xolis nazarini doimo his etishimiz lozim. Albatta, har bir san’atkor individual ko’zqarashga haqli bo’ladi, shuningdek uning uchun asarida tasvirlanayotgan narsalarning real tarixiy voqealarga aniq mos kelishini izlash shart emas. Xatolar, ba’zi bo’rttirishlar ham bo’lishi mumkin. Markazi tevaragida barcha asosiy syujet liniyalari rivojlanadigan taniqli tarixiy shaxsga berilgan tarixiy-biografik romanni tarixiy romanning bir ko’rinishi deb hisoblash mumkin.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi


Uzpedia.uz