TARIX FALSAFASI



TARIX FALSAFASI – tarixni falsafiy sharxlash va baholash. “Tarix falsafasi” atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon bo’lsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yo’nalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi — Xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb qisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va ko’rinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi — unda g’oyalar, insonning axloqiy tushunchalari, ma’naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuyg’usi orqali olamni anglash, o’tmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi — unda iqtisodiy omillarga katta e’tibor beriladi; tarixni yo’naltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iktisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qo’yib yoki jamoani birinchi qo’yib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, fe’l-atvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi. Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. 18-asrga kelib Tarix falsafasining yo’nalishlari tubdan o’zgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning ta’siri, o’rni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, ma’naviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondoshishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va g’oyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aklni ustun qo’yadi. 19-20-asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm g’oyalarini ilgari surdi. Sharqda “Tarix falsafasi” tushunchasi o’ziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga ko’ra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi haqidagi ta’limotini o’z xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali o’rgandi. U “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondoshadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni o’rtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy ta’limotga o’tishda muhim hissa qo’shdi. Sharq Tarix falsafasi bir necha yo’nalishda ko’zga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy me’yorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografik-hududiy jihatdan yondoshiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshoxlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi. Ad.: Toynbi A., Postijenie istorii, M., 1991; Jo’raev N., Tarix falsafasi, T., 1999. Narzulla Jo’raev.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Tarix falsafasi — bu tarix fanining mazmuni, metodologiyasi, maqsadi va uning insoniyat hayotidagi o‘rni haqida falsafiy qarashlarni o‘rganadigan ilmiy soha. Tarix falsafasi tarixning mohiyati, uning qonuniyatlari, vaqt va vaqtning inson ongidagi o‘rni, tarixiy hodisalar va jarayonlarning izohi kabi masalalarni tahlil qiladi.

Tarix falsafasining asosiy savollari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Tarix nima? Tarix faqatgina o'tgan voqealarni yozib borishmi yoki ular orqali yaxlit bilim yaratishdami? Tarix — o‘tgan hodisalarni tavsiflovchi yoki ularni tushuntiruvchi fan sifatida qabul qilinadimi?

  2. Tarixiy haqiqat mavjudmi? Tarixiy ma’lumotlar obyektiv bo‘lishi mumkinmi yoki ular doimiy ravishda subyektiv fikrlar, siyosiy yoki madaniy kontekstlardan ta’sirlanganmi? Tarixni haqqoniy tasvirlashning imkoniyatlari va chegaralari qanday?

  3. Tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari bormi? Tarixda takrorlanuvchi naqshlar va qonuniyatlar mavjudmi? Yoki tarix tasodiflar to‘plamidan iboratmi? Tarixiy jarayonlarda erkin iroda va determinatsiya o‘rtasidagi munosabat qanday?

  4. Tarixiy voqealar qanday izohlanadi? Tarixiy hodisalarni faqat sabab-oqibat munosabatlari orqali tushuntirish mumkinmi yoki ularning ma’nosi, insoniy omillar va madaniy kontekstlarini ham hisobga olish lozimmi?

  5. Vaqt va tarixning falsafasi: Vaqt tushunchasi tarixni o‘rganishda qanday ahamiyatga ega? Vaqt subyektivmi yoki obyektiv mi? Tarix faqat vaqt oqimida ro‘y beradigan voqealar ketma-ketligi sifatida qaraladimi?

Tarix falsafasi qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelmoqda. Misol uchun, antik davrda Platon va Aristotel tarix haqida o‘z falsafiy fikrlarini bildirgan. Middal asrlarda esa tarix ko‘pincha diniy nuqtai nazardan tushuntirilgan. Yangi zamonlarda esa tarixni ilmiy asosda o‘rganish va uni ijtimoiy qonuniyatlar kontekstida tahlil qilish avj oldi. Hegelning tarixiy idealizmi, Marksizmning tarixiy materializmi kabi turli falsafiy maktablar tarixning mohiyatiga o‘z qarashlarini taklif qilgan.

Tarix falsafasi nafaqat tarixshunoslik nazariyasi uchun, balki jamiyatshunoslik, falsafa va siyosatshunoslik kabi boshqa ilmiy sohalar uchun ham muhimdir. U insoniyatning o'tmishni qanday qabul qilishi, o‘zligini shakllantirishi va kelajakni rejalashtirishida asosiy rol o‘ynaydi.

Xulosa qilib aytganda, tarix falsafasi tarixning chuqurligi, murakkabligini va uning inson tafakkuridagi o‘rnini anglashga yordam beruvchi ilmiy va falsafiy yo‘nalishdir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz