TARG’IL — naqqoshlikda pardoz turi; naqsh mujassamotidagi gul va barglar (undagi soya, gul urug’i va changlar) ni rangli chiziklar yordamida tasvirlash. Targ’il gul va barglar rangidan hamisha to’q ranglar bilan ishlanadi. Targ’il ishlangan naqsh mujassamotining badiiyligi, jozibasi oshadi, o’ziga xos ko’rinishga ega bo’ladi. Targ’il bilan pardozlash o’zbek milliy naqqoshligida o’ziga xosligi va ranglari bilan ajralib turadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish