TARELKALAR



TARELKALAR (rus; ital. piatti:, Fransuzcha cymbales) — urma musiqa cholg’u asbobi. Ikkita maxsus temir qotishmasidan tayyorlangan disk (diametri 25-60 santimetr) dan iborat. Misr, Hindiston, uzoq Sharq mamlakatlarida qadimdan ma’lum, Yevropada 18-asrdan “yanicharcha (turkcha) musiqa” ta’siri ostida ommaviylashgan. Tarelkalar bir biriga (yoki tayoqcha bilan) urilganda jarangdor sado beradi. U turli orkestr va Estrada hamda jaz ansambllarida qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz