Тараз




Taraz  (qozoqcha: Тараз; 1936-yilgacha Avliyoota, 1936—1938-yillarda Mirzoyan, 1938-yilda Jambul, 1998-yildan Taraz) — Qozogʻiston Respublikasi Jambul viloyatidagi qadimgi shahar, viloyatning maʼmuriy markazi. Olmaotadan 545 km gʻarbda, Talas daryosini yoqasida joylashgan. Aholisi 352 ming kishiga yaqin (2013). Shahar aeroporti, temir yoʻl va avtovokzallar ishlab turibdi.

Tarixi




Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Taraz taxminan 5-asrda vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyalik elchi Zemarx tomonidan 568-yilda qayd etilgan. Shahar arab, fors manbalarida Talas, Taraz, Yangi nomlari bilan tilga olingan (8—18-asrlar).
Qadimda Taraz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qalʼa, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. 7-asrda Taraz muhim savdo markazi. 751-yil Taraz yaqinida Talas jangi boʻlib oʻtgan. 9-asr oxiridan Somoniylar, 10-asr oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida boʻlgan. 12-asr oxiridan boshlab Qoraxitoylar va Moʻgʻullar istilosidan ancha shikastlangan Taraz tanazzulga uchray boshlagan. 16-asr boshida shaharda gʻayot barham topgan. Tarazda oʻtkazilgan qazishmalar chogʻida zardushtiylarning ossuariylarda koʻmilgan qabrlari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan 11 — 12-asrlarga oid hammom, korizlar (suv oʻtkazgich) topilgan. 19-asrda Avliyoota qalʼasi qurilgan. 1864-yilda Tarazni Rossiya qoʻshinlari bosib olgan. 1920-yildan Qozogʻiston tarkibida.

Aholisi



2014-yilgi statistika boʻyicha tuman aholisi 351,353 kishini tashkil qildi (2014). Taraz shahri koʻp millatli shahar hisoblanadi, milliy tarkibi quyidagicha:

Sanoati



Taraz kimyo (fosfor, mineral oʻgitlar), yengil va oziq-ovqat (charmpoyabzal kombinati, jun fabrikasi, mebel, tikuvchilik, attorlik fabrikalari, xrom va rezina buyumlari zavodlari, shakar-qand, goʻsht va spirt, aroq kombinatlari, vino, sut, baliq, pivo zavodlari) sanoatining muhim markazi. Mashinasozlik (kommunal asbobuskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalariga ehtiyot qismlar, agregat taʼmirlash zavodlari va boshqalar), qurilish materiallari sanoatlari rivojlanmoqda.

Ijtimoiy sohasi



Tarazda 3 oliy oʻquv yurti (yengil va oziq-ovqat sanoati texnologiya instituti, gidromelioratsiyaqurilish va pedagogika institutlari), oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri bor. Tarazdan 18 km janubi-gʻarbda noyob meʼmoriy obidalar: Babaji xotun maqbarasi (10— 11-asrlar) va Oyshabibi maqbarasi (11 —12-asrlar) saqlangan.

Shahar galeriyasi




Adabiyot




Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz