TAQRIBIY FORMULALAR



TAQRIBIY FORMULALAR – hisoblashlarni muayyan aniqlikda bajarishga imkon beruvchi formulalar. Aniq qiymatlarni hisoblash mumkin bo’lmagan yoki murakkab bo’lgan hollarda hamda nazariy tadqiqotlarda qo’llanadi. Masalan, n!ql23…n (faktorial) ni hisoblash uchun Stirling formulasi, aniq integralni hisoblash uchun Simpson formulasi va hokazolar. Odatda, Taqribiy formulalar hisoblashni istalgan aniqlikda topishga imkon beradi, lekin matematikada ancha dag’al Taqribiy formulalarlar ham qo’llanadi. Taqribiy formulalarlar kompyuterlar yordamida hisoblashlar uchun asosiy vositadir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz