TANTRIZM



TANTRIZM — buddizm va hinduiylikdagi yo’nalish. Mil.ning boshlarida paydo bo’lgan, muqaddas yozuv (Tantra)lari bor. Yogalar metodini o’zlashtirib, sirli marosimlar sistemasini ishlab chiqqan. Tantrizmning diniyfalsafiy ta’limoti asosida inson mikrokosmdir degan g’oya va ayollar yoki erkaklar jinsiy qudratiga sig’inish haqidagi tasavvur yotadi. Hindistondan tashqari (bu yerda Tantrizm tarafdorlari oriy bo’lmagan qabilalar vakillaridan tashkil topgan) Yaponiya, Nepal, Xitoy, ayniqsa, Tibetda tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz