TANTAL QOTISHMALARI



TANTAL QOTISHMALARI – tarkibi asosan tantaldan iborat qotishmalar. Odatda, tantal volfram (W), molibden (mo), vanadiy (V), niobiy (Nb), titan (Ti), pyx (Zn), gafniy (Hf), reniy (Re), uglerod (S) va b. elementlar bilan legirlanadi. Tantalning volfram bilan hosil qilgan qotishmalari eng ko’p ishlatiladi. Tarkibida 10% volfram bo’lgan qotishma juda yuqori tralarda ham o’z mustahkamligini, eroziyabardoshligini saqlab qola oladi. Bu qotishma — 130° dan 3000°S gacha tralarda ishlatilishi mumkin. Tantal qotishmadan reaktiv dvigatellarning yonish kameralari va soplolari, detallari, issiqbardoshlik talab etiladigan boshqa detallar, sanoat pechlarining qizdirgichlari, kosmik apparatlarning issiqlik o’tkazmaydigan qoplamalari tayyorlanadi. Tantal qotishma electron texnikada ham ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz