TANQID, ADABIY TANQID, TANQIDCHILIK — adabiy faoliyat turi, badiiy asarni, shuningdek, bu asarda aks ettirilgan hayot hodisalarini taqlil va talqin etish. Tanqid ko’pincha adabiyotshunoslikning bir qismi sifatida ta’riflanib keladi. Lekin Tanqid adabiy faoliyatning mustaqil sohasi bo’lib, adabiyotshunoslikdan farqli o’laroq, asosan zamonaviy adabiy hayotda sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatadi, bu jarayondagi yetakchi tamoyillarni aniqlaydi, gazeta va jurnali sahifalarida e’lon qilingan adabiy asarlarga munosabat bildirib, ularni odatda shu davrning g’oyaviy va estetik talablari asosida tahlil etadi. Tanqid adabiy meros namunalarining teatr, kino, musiqa va tasviriy san’atdagi yangi talqini masalalari bilan ham qiziqib, o’z e’tiborini ko’pincha shu asarlarning hozirgi zamon uchun ahamiyatli tomonlariga qaratadi. Tanqidning asosiy vazifasi yozuvchi yoki adabiy asarni faqat tanqid qilish emas, balki adabiy asar yoki hodisaga Haqqoniy baho berish, undagi yutuq va kamchiliklarni xolislik bilan yoritishdir. Tanqid badiiy ijod bilan qariyb bir vaqtda paydo bo’lgan. Yozuvchilar yangi yozgan asarlarini turli davralarda, yig’in va saroylarda o’qib berishgan, davra qatnashchilari esa shu asarlarning yutuq va kamchiliklarini qayd etib, ayni paytda ham o’quvchi (kitobxon), ham tanqidchi vazifasini bajarib kelishgan. Bu Tanqid tarixining “og’zaki davri”dir. Tanqidning yozma adabiyotdagi ilk namunalarining paydo bo’lishi esa tazkirachilik maktabining shakllanishi bilan bevosita bog’liq. Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ushshuaro” (1487) asari eng qad. tazkiralardan biri bo’lib, unda 9-15-asrlarda O’rta Osiyo, Afg’oniston va Eronda yashagan mashhur shoirlar haqida ma’lumot bilan birga ular ijodidan namunalar ham berilgan. Tazkirachilikning mumtoz namunalaridan biri — Navoiyning “Majolis unnafois” (1491) asarida esa 15-asrda Xurosonda yashagan jami 450 dan ortiq shoir, yozuvchi va olimlarning bilim darajasi, dunyoqarashi, xulqatvori va b. to’g’risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Nisoriy, Vozeh, Fazliy, Tabibiy va boshqalarning tazkiralarida muayyan yozuvchilar va ularning asarlari yuzasidan berilgan ma’lumotlar o’zbek adabiyotida Tanqidning paydo bo’lishidagi muhim omillardan bo’lgan. Tanqid uzoq vakt mobaynida “amaliy” axamiyat kasb etib, yozuvchini maqtash, ko’kka ko’tarish yoki, aksincha, qoralash, nuqsonlarini fosh etish, uning asarini esa umumiy baholash va kitobxonga tavsiya etish bilangina kifoyalanib keldi. Adabiyotning rivojlanishi, uning oldiga jamiyat tomonidan qo’yilgan vazifalarning murakkablashishi bilan Tanqid ham adabiy mehnat sohasi sifatida yangi qirralar, sifatlar kasb etdi. 16-18-asrlarda Yevropa xalklari adabiyotida estetik tafakkurning shakllanishi bilan Tanqid adabiy harakatning muhim qismi sifatida ajralib chiqdi. 19-asrda Farntsiyada Sh.O. SentByov boshchiligidagi “biografik tanqid”ning, Rossiyada V.G.Belinskiy, N.A.Dobrolyubov, N.G.Chernishevskiy singari rus tanqidchilari maktabining shakllanishi bilan Tanqidning adabiy hayotdagi ahamiyati behad oshdi, maqsad va vazifalari esa tubdan o’zgardi. O’zbek adabiyotida zamonaviy Tanqidning paydo bo’lishi 20-asrning 10-yillariga to’g’ri keladi. Cho’lponning “adabiyot nadur?» (“Sadoi Turkiston”, 1914) va “muhtaram yozuvchilarimizg’a” (“Sadoi Turkiston”, 1915), M.Behbudiyning “teatr nadur?» (“Oyna”, 1914) singari maqolalarining e’lon qilinishi bilan o’zbek Tanqidining tom ma’nodagi tarixi boshlandi. Yozuvchi va tankidchilar shu davrda chop etilgan adabiytanqidiy maqolalarida badiiy adabiyotning yangi tarixiymadaniy davrdagi maqsadi, vazifasi va yo’nalishini belgilab berishga harakat qildilar. 20-yillarning o’rtalaridan Tanqid sovet mafkurasi ta’sirida adabiy hodisalarga sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondasha boshladi. Natijada o’zbek adabiyotiga katta zarar keltirgan vulgarsosiologik Tanqid maydonga keldi. Bunday Tanqid vakillari sovet voqeligini qabul qilmagan Cho’lpon singari yozuvchilarga qarshi kurash e’lon qildilar. Yozuvchi mahorati emas, mavzuning dolzarbligi, g’oyaviylik badiiy asar qimmatini belgilovchi asosiy mezonga aylandi. 1937— 38 yillardagi qatag’on to’lqini bir qadar tingan 2-jahon urushi yillarida Oybekning “Navoiy” romani, Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasi, G’afur G’ulom singari shoirlarning yangi she’riy asarlarining chop etilishi munosabati bilan Tanqid yana jonlanib, adabiy hayotga badiiy-estetik talablar asosida yondasha boshladi. Shu tarzda Tanqid o’z tarixining turli bosqichlarida adabiy hayotga ijobiy ta’sir ko’rsatish, adabiy jarayondagi ijobiy tamoyillarning avj olishiga ko’maklashish o’rniga yozuvchining erkin ijod etish huquqini cheklab keldi. Lekin shu bilan birga o’tgan asrning 10-yillarida ham, keyin ham Cho’lpon, Oybek, Abdulla Qahhor singari yozuvchilar, Izzat Sulton, Matyoqub Qo’shjonov, Ozod Sharafiddinov kabi tanqidchilar Tanqidning to’g’ri yo’ldan borishi va adabiyot oldidagi vazifasini qalol o’tashiga yordam beradigan ibratli ishlarni amalga oshirdilar. Tanqidning adabiy portret, adabiy-tanqidiy maqola, taqriz, bibliografiya, adabiy sharh, esse, baxs, suhbat, ochiq xat, pamflet singari janr ko’rinishlari mavjud. Tanqidchi Tanqidning bu barcha janrlaridan axloq va odob mezonlaridan chiqmagan holda foydalanishi lozim. Ad.:Bursov B.I., Kritika kak literatura. L., 1976; Nazarov B., O’zbek adabiy tanqidchiligi: g’oyaviylik, metod, qahramon, T., 1979; O’zbek adabiy tanqidi tarixi, 1—2j.lar, T., 1987. Naim Karimov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Albatta! Quyida tanqid, adabiy tanqid va tanqidchilik haqida o‘zbek tilida batafsil ma’lumot keltirilgan:
TANQID
Tanqid so‘zi lotincha «criticus» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «baholovchi», «tahlil qiluvchi» ma’nolarini anglatadi. Tanqid — bu biror asar, hodisa, shaxs yoki jarayonning ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganib, ilmiy asosda baholash, tahlil qilish jarayonidir. Tanqidning asosiy maqsadi — muayyan obyektni chuqur anglash, uning yaxshilik va kamchiliklarini aniqlash hamda ularni o‘quvchiga yoki muhokama ishtirokchilariga yetkazishdir.
Tanqid quyidagi xususiyatlarga ega:
Tahliliy yondashuv — har bir tomonini puxta o‘rganadi.
Ob’ektivlik — sub’ektiv fikrlardan ko‘ra asosli, dalillarga tayanadi.
Foydalilik — maqsad natijada yaxshilanish, takomillashga ko‘maklashishdir.
ADABIY TANQID
Adabiy tanqid — bu adabiyot sohasidagi asarlarni ilmiy, estetik va falsafiy jihatdan baholash, ularni tahlil qilish va sharhlash jarayonidir. Adabiy tanqid yozuvchi, shoir yoki boshqa ijodkorlarning asaridagi uslub, mavzu, obrazlar, estetik va falsafiy mazmun kabi jihatlarni o‘rganadi.
Adabiy tanqid quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Adabiy asarning ichki tuzilishini (strukturasi) o‘rganish.
Asardagi ijtimoiy va madaniy muhitni tahlil qilish.
Ijodkorning san’atdagi o‘rni va ijod uslubini aniqlash.
O‘quvchi va tomoshabinga asar haqida chuqur tushuncha berish.
Adabiy jarayonning rivojlanish yo‘nalishlarini ko‘rsatish.
Adabiy tanqidning asosiy shakllari:
Formal tanqid — asarning shakl va uslubiy xususiyatlariga e’tibor beradi.
Mundarija tanqidi — asardagi mazmun va g‘oyalarni tahlil qiladi.
Ijtimoiy tanqid — ijtimoiy muammolar va jamiyat bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
TANQIDCHILIK
Tanqidchilik — bu tanqid qilish san’ati yoki faoliyatidir. Tanqidchilik — nafaqat kamchiliklarni ko‘rsatish, balki asarning ijobiy tomonlarini ham ko‘tarib chiqish, uni yaxshilash va rivojlantirish yo‘llarini topishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir.
Tanqidchilik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tanqidchining bilim va tajribasi.
Adabiyot, san’at, madaniyat yoki boshqa sohalardagi chuqur tushuncha.
Mantiqiy fikr yuritish va dalillarga asoslanish qobiliyati.
Yozmisht va og‘zaki tanqid usullarini ishlatish.
Tanqidchilik jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega, chunki u:
Ijodkorlarni ilhomlantiradi va yo‘naltiradi.
Madaniy va badiiy merosning sifatini oshiradi.
Jamiyatda san’at va madaniyatga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi.
Xulosa
Tanqid — har qanday asar yoki hodisani ilmiy va ob’ektiv ravishda tahlil qilish jarayoni bo‘lsa, adabiy tanqid adabiyot sohasiga oid asarlarni baholash va sharhlashga yo‘naltirilgan. Tanqidchilik esa bu jarayonni amalga oshiruvchi kasb va san’atdir. Tanqid va tanqidchilik ijodiy jarayonni rivojlantirish va san’atning sifatini oshirishda muhim vosita hisoblanadi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish