TANOSUX



TANOSUX, tanosux alarvoh (Arabcha) — ruhning ko’chib yurishi haqidagi diniy ta’limot. Tanosux haqidagi tasavvurlar juda qadimdan ma’lum bo’lgan. O’lganlarning ruhi (joni) yangi tug’ilgan insonlarda, hatto qayvon va o’simliklarda qayta mujassamlanishi haqidagi tasavvurlar diniy e’tiqodning ilk shakllari (animizm) bilan boglik ravihtsa vujudga kelgan. U ba’zan qadimgi diniy va falsafiy ta’limotlarda (masalan, Yunonistonda metempsixoz nomi bilan, Brahmanizm va hinduiylikda sansara nomi bilan) keng tarqalgan. An’anaviy Islom iloxiyoti Tanosuxni rad etadi, lekin undan o’ta yiroqlashgan ayrim firqalar (masalan, ismoiliylarnint ba’zi shoxobchalari)da Tanosux qisman e’tirof etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz