TANNINLI O’SIMLIKLAR



TANNINLI O’SIMLIKLAR, oshlovchi moddali o’simliklar — tarkibida sanoat miqyosida foydalanish uchun yetarli miqdorda oshlovchi moddalar (tannidlar) bo’lgan o’simliklar. Oshlovchi moddalar po’stloq, barg, yog’och va mevalar, asosan, ildiz hujayralarining parenximali vakuolalarida to’planadi. Tarkibidagi tannin mikdoriga qarab yuqori tanninli (tarkibida tannidlar -20% dan ko’p); o’rtacha tanninli (12-20% gacha), kam tanninli o’simliklar (12% dan kam bo’lgan) guruhlariga ajratiladi. Tanninli o’simliklarning ko’pchiligi tropik mintaqalarda, Janubiy Osiyo, Janubiy Amerika, Avstraliyada uchraydi. O’zbekistonda oshlovchi moddalarga boy bo’lgan o’simliklar: eman, kashtan, qoraqarag’ay, tilog’och, otquloq, anor, rovoch, akasiya, tol, tut, kermak (bo’yoqcho’p) o’sadi. Tanninli o’simliklarning 1 gektar plantasiyasidan 0,5 tonnagacha oshlovchi moddalar olish mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz