TANLASH USULI
TANLASH USULI (matematik statistikada) — statistik kuzatishlar usuli. Bunda statistik to’plamning umumiy xossalari to’plamning hamma elementlari emas, balki undan tanlab olingan tanlanmaga kirgan elementlari orqali o’rganiladi. Tanlash usuli matematik statistikaning 2 muhim bo’limi: chekli to’plamdan tanlash va cheksiz to’plamdan tanlash nazariyasiga asoslanadi. Chekli to’plamdan tanlama olish nazariyasi sifat bo’yicha statistik nazorat o’tkazish usulining asosi bo’lib, ko’pgina sotsiologik tekshirishlarda qo’llaniladi. Tanlash tasodifiy ravishda o’tkazilsa, ehtimollar nazariyasiga ko’ra, tanlab olingan tanlanma statistik to’plam haqida to’g’ri ma’lumot beradi. Bu holda statistik to’plamning hajmi (elementlar soni) N tenglamaning xajmi p ga teng bo’lsa, tanlanmaning elementlariga bir xil ehtimollik yoziladi. Amalda, ko’pincha, tanlab olingan tanlanma (elementlar) statistik to’plamga qaytarilmaydi (qaytarilmaydigan tanlanma). Agar tanlab olish har bir tanlanmani o’rganilayotgan tuplamga qaytarish yuli bilan bajarilsa, u qaytariladigan tanlama deyiladi. Qaytariladigan tanlanma, asosan, nazariy tekshirishlarda qo’llaniladi. Agar tanlanmaning hajmi p statistic to’plamning hajmi N dan juda kichik (n”N) bulsa, bu ikki tur chekli tanlanmalar deyarli bir-biridan farq qilmaydi. Tanlash usuli bilan statistik tuplamning sifat yoki miqdor belgilari o’rganiladi. Masalan, statistik nazorat o’tkazish masalalarida N ta element orasida nechta nuqsonli element borligini aniqlash shunday masalalardan biridir. Statistik to’plam cheksiz bo’lganda undan olingan tanlanmani qaytarish yoki qaytarilmasdan olinganligi ahamiyatga ega emas. Bu xrlda tanlanmaning %t, 52> …, g’p elementlari uzaro bogliqsiz tasodifiy miqdorlar deb qaralsa, statistik to’plam belgilarini o’rganish soddalashadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz