Tanlangan tilda so’zlasha olish uchun qancha so’zni bilish kerak?



Go’dak, uni qurshagan dunyoni idrok etishni boshlagan zahoti tovush chiqara boshlaydi. Faqat kattalar uni darrov tushuna olishmaydi, chunki go’dak bu tovushlarni bo’laklarga ajratilgan nutqqa aylantirishga qodir emas. Faqat vaqt o’tgani sayin u talaffuz qilgan tovushlar bo’g’inlarga aylanadi, ulardan so’zlar, keyin esa jumlalar ham tarkib topadi. Go’dak tetapoya bo’lgan kezlardanoq ko’rish idrokini buyumlarning ifodalanishi bilan birlashtirishga uringanicha har doim kattalardan. “Bu nima?”deb so’rashni boshlaydi. Konkret dunyo shu tariqa go’dak ongida o’z “nom”iga ega bo’la boshlaydi. Chet tillardan birini o’rganish ham aynan shunga o’xshash bir tarzda kechadi. Tanlangan tilda so’zlasha boshlash uchun eng ko’p tarqalgan jumlalarni tuzish va kundalik turmush buyumlarini o’z nomi bilan atash imkonini beradigan so’zlarning muayyan minimumini bilish zarur bunday so’zlar zamonaviy til lug’at tarkibining muomalada erkin qo’llanadigan faol lug’at deb ataluvchi qismini shakllantiradi. Bular sirasiga nafaqat tilda muntazam qo’llanadigan, qolaversa to’laqonli muomala uchun zarur bo’lgan ayrim maxsus so’zlarni ham kiritishimiz mumkin. Bundan tashqari, faol lug’at nutqni faol qayta hosil qilishni, kerakli so’zni tanlash va uni to’g’ri qo’llashni taqozo etadi. Shuning uchun so’zning lug’aviy ma’nosini bilish tanlangan tilning grammatik qonunlarini, u yoki bu lisoniy vaziyatda to’g’ri ishlatish qoidalarini obdon bilish bilan yonma-yon bo’lishi nihoyatda muhimdir. Rus tilida bular ot kelishiklarini, fe’l turlarini, ingliz tilida esa — so’zlarning gapdagi o’rnini bilishdir. Va qachonki, jami bu komponentlar so’zlovchining ongida bir butun yaxlitlikka birlasha boshlasagina, tilda so’zlashish boshlandi deyish mumkin. Mana shu bois biz boshha tilda yozish va so’zlashish uquvini egallash kundalik so’zlashuvning bazaviy eng kam miqdori mavjud bo’lgan, asosiy grammatik qonunlar o’rganilgan va o’z fikrini jumla tarzida qurish mahorati egallangan taqdirdagina boshlanishi to’g’risida gapirib o’tdik.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi


Uzpedia.uz