TANGO



TANGO (ispancha tango) — 1) 18-19-asrlar oralig’ida Lotin Amerikasida kora tanli aholining raqa va qo’shiqlar bilan o’tkaziladigan har qanday bayram hamda shu bayramlar o’tadigan joy ifodasi; 2) zamonaviy bal raqsi. 19-asr 2-yarmida andalusiycha Tango, kreolcha Tango, argentincha Tango kabi turlari ommalashgan. Musiqa o’lchovi 2/4, sur’ati o’rtacha, ritmikasi o’ziga xos urg’u (sinkopa)lar bilan ajratiladi. Ijrochilar juft bo’lib, bir-birining yelkalarini ushlab raqsga tushadi. 1910-yillarda Parijda argentincha Tango asosida yevropacha Tango rivoj topib, o’ziga xos, alohida ehtiros bilan ijro etiladigan salon va estrada raqsi (keyinchalik, kuy va ashula) sifatida butun dunyoda tarkaldi. Ritmikasi oxirgi sakkiztalik hissadagi keskin urg’usi bilan ajralib turadi. O’zbek estrada san’atiga 1950-yillar oxirida B. Zokirov ijrosidagi “Arabcha Tango” (suriyalik bastakor daris al Atrashning Ya. Frenkel Kanta ishlagan ashulasi) bilan kirib Kolli. Keyinchalik, A. Nazarov (“ket, muhabbat”, N. Hamroqulov), A. Rasulov (“Dilerom”, G’. Yoqubov) va boshqa kompozitorlar turli Tangolarni yaratgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz