“TANAVOR”



“TANAVOR”, “Tanovar” (forscha Jasur, qudratli, kuchli) — 1) o’zbek xalq lirik kuyi; Farg’ona vodiysida keng tarqalgan. O’n beshdan ortiq ashula va cholg’u yo’llari ma’lum. Ashula yo’llaridan ommaviylashgan “Tanovor 1” xalq she’ri (“qora sochim”) bilan, ” Tanovor 2″ Muqimiy she’ri (“endi sendek…”) bilan aylatiladi. Tanovor ashulalarida o’zbek ayolining ma’naviy go’zalligi o’z aksini topgan. Tanovorning cholg’u yo’llaridan “Gulbahor” kuyi bilan ketma-ket ijro etiladigan varianti ommaviylashgan. “Tanovor 1″ni 1937 yil A.Kozlovskiy H.Nosirova ijrosida notaga olib, xonanda va simfonik orkestr uchun qayta ishlagan, keyinchalik “Tanovor”nomli simfonik poema (1952) va balet (1968) yaratgan. “Tanovor 2″ni T. Sodiqov xonanda va orkestr uchun, M.Burhonov jo’rsiz xor uchun qayta ishlagan. Tanovor variantlari va ularning ohanglaridan S. Vasilenko va M. Ashrafiy (“bo’ron”da Norgul, “Sevgi tumori”da izzat partiyalarida), G.Mushel (“G’azallar” tsiklida) va boshqalar foydalanishgan, Tanovor asosida Yu. Rajabiy “yuzni oydek…”qo’shig’ini yaratgan. Tanovor kuyining turli yo’lllarini A. Kozlovskiy (10 ga yaqin variantini), Yu. Rajabiy (5 dan ortiq variantini) va boshqalar notaga olgan. Bularning ayrimlari J.Sultonov, B.Mirzayev, T.Qodirov talqinida ommaviylashgan; 2) an’anaviy o’zbek xalq raqsi. Tanovor kuyining turli yo’llari asosida ijro etiladi, 1943 yil M. Turg’unboyeva sahnalashtirgan Tanovor raqsi keng tarqalgan. Unda o’zbek qizining sevgilisi bilan uchrashish va visolga etishi muqarrarligi aks ettirilgan. Ad.:Tanavorlar (to’plovchi va nashrga tayyorlovchi I.G’aniyeva), T., 2003.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz