TAMTAM, tamtam (hindcha tovushga taqlid atama) — urma cholg’u, Gong turi. Qadimdan Janubiy Sharqiy Osiyoda diniy marosimlarda qo’llanilgan. 18-asr oxiridan simfonik orkestr tarkibiga kirgan (F. J.G’ssekning “Mirabo o’limiga bag’ishlangan motam marshi”, 1791). Turli (mis, kumush, surma va boshqalar) metallar qorishmasidan bolg’alab ko’p qatlamli, qalin (8— 10 millimetr) barkash shaklida (diametri — 600-1500 millimetr) yasaladi. Kigizli to’qmoq bilan urganda past, g’uvullovchi tovush chiqaradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish