TAMIL TILI
TAMIL TILI — dravid tillarining Janub guruhiga mansub. Hindistondagi Tamilnad shtatining rasmiy tili, Singapurda 4 ta rasmiy tildan bittasi. Hindistondan tashqari Shrilanka, Myanma, Malayziya va boshqa joylarda tarqalgan. Hammasi bo’lib 65 milliondan ortiq (1996) kishi so’zlashadi. 3 ta lahja guruhi bor: shimoliy Sharqiy, g’arbiy va Janubiy. Shrilanka laxjasi Janubiy guruhga yaqin turadi. Morfologiya va sintaksisda o’ziga xos hodisalar mavjud. Masalan, fe’llarning “kuchli”. “o’rtacha” va “kuchsiz” ga bo’linishi. So’z yasalishi va leksikada (jumladan, ijtimoiysiyosiy va ilmiy terminologiyada) boshqa hind tillariga nisbatan sanskrit tilidan kamroq so’z olishi bilan ajralib turadi. Hozirgi adabiy til me’yorlari 3-4-asrlarda shakllangan, 13-14-asrlarda uzilkesil qayd etilgan. Tamil tilining adabiy va og’zaki shakli o’rtasida jiddiy fonetikmorfologik farqlar bor, biroq adabiy va yozma shakllarning yaqinlashuvi kuzatilmoqda. Yozuvi braxmining Janubiy shaklidan kelib chiqqan. Eng qadimgi epigrafik yodgorliklar miloddan avvalgi 2— 1-asrlarga mansub. Ansoriddin Ibrohimov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz