TAMG’A



TAMG’A — 1) turk-mo’g’ul chorvador qavmlarda xususiy mulkning keng tarqalgan belgisi. Daraxtlarga, qurolyarog’larga, teri (hayvon terisi) va boshqalarga qo’yilgan. Masalan, chorvachilikda qoramol, otlarga va parrandalarga bosiladigan maxsus belgi(nishon). Xo’jaliklarda naslchilik ishlarida, jonli mulk tariqasida hisobga olishda Tamg’a qo’yiladi. Uning bir necha usullari mavjud: molning qulog’iga en solish, qirqish, quymichiga belgini qizdirib bosish, qulog’iga seriyali raqamlar bitilgan sirg’a taqish; parrandalar oyog’iga halqa taqish va boshqalar. 2) O’rta Osiyo, Zakavkaze, yaqin va O’rta Sharqning ayrim mamlakatlarida va 13-asrdagi mo’g’ullar istilosidan so’ng Rossiyada savdo, hunarmandchilik, turli kasbhunarlardan pul bilan olinadigan soliq. 16-asrning 70-yillarigacha mavjud bo’lgan. Eronda shoq Taxmasp 1 tomonidan bekor qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz