TALQINCHA — talqin doira usuli asosida yaratilgan maqom ashula yo’li, talqin sho’basiga o’xshatma, Nazira; Shashmaqomning ikkinchi guruh sho’balaridan Mo’g’ulcha va Savtlarning muayyan shoxobchasi. Talqinchalar Buzruk maqomining Mo’g’ulchai Buzruk, Savti Sarvinoz, Iroqi Buxoro, Rostning Savti Ushshoq, Savti Kalon, Savti Sabo, Navro’zi Sabo, Navoning Savti Navo, Mo’g’ulchai Navo, Mustazodi Navo, Segohning Mo’g’ulchai Segoh sho’balarida uchraydi va shu sho’balar nomi bilan qo’shib ataladi (masalan, Talqinchai Savti Sarvinoz, Talqinchai Mo’g’ulchai Dugoh va hokazolar). Iroqning chanbari Iroq sho’basi, shuningdek, ko’pgina mumtoz kuy va ashulalar (masalan, “Bayot IV”, “Bayoti Sheroziy IV”), bastakorlarning asarlari ham Talqincha usulida ijro etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish