Таліман




Alfa Sentavr (α Centauri) yoki Sentavr Alfasi janubiy osmondagi Kentavr turkumida joylashgan yulduz turkumidir. Umumiy koʻrinma yulduz kattaligi -0,27 boʻlib, tungi osmonda yorqinligi boʻyicha Sirius va Kanopus yulduzlaridan keyin turadi.

Tarkibiga Alfa Sentavr A (α Cen A; 110% Quyosh massasi va 151,9% yorqinligi), Alfa Sentavr B (α Cen B; 90,7% Quyosh massasi va 44,5% yorqinligi) kiradi. Bu ikki yulduz massalari markazi atrofida 79,91 yillik davr bilan aylanadi. Quyoshdan 1,34 parsek (4,37 yorugʻlik yili) masofada joylashgan. Bundan tashqari Alfa Sentavr atrofida uchinchi yulduz, qizil mitti Proksima Sentavr (α Cen C) ham aylanadi.

2012-yil oktabrida Alfa Sentavr tarkibida kamida bitta sayyora — hajmi Yerdek keladigan Alfa Sentavr Bb borligi kashf etildi. Uning massasi Yernikidan 13% ortiq boʻlib, Alfa Sentavr B atrofida 3,236 sutka davr bilan aylanadi. Yulduzidan atigi 6 million km uzoqda joylashgan bu sayyora sirtidagi harorat 1500 K boʻlishi taxmin etiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz